O`zbekiston Milliy universitetiga Indoneziyaning Yogiakarta Negeriya (Universita Negery Yogyakarta) universitetidan prorektor boshchiligidagi bir guruh vakillar tashrif buyurishdi



Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Indoneziyaning Yogiakarta Negeriya (Universita Negery Yogyakarta) universitetidan prorektor boshchiligidagi bir guruh vakillar tashrif buyurishdi. Mazkur universitet bilan 2022 yil boshida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Negeriya Yogiakarta universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Dr.Siswantoyo.M.Kes hamkorlik doirasida 2022-2023 o‘quv yillarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish hamda hamkorlikni qadamba- qadam amalga oshirish lozimligini aytdi. Shuningdek, tomonlar fakultet va kafedralar miqyosida o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.
Xalqaro aloqalar bo'limi