Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universitetiga Ispaniya Qirolligining Sevilya universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rosario Asian Chaves boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Bugun, 15-iyul kun O‘zbekiston Milliy universitetiga Ispaniya Qirolligining Sevilya universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rosario Asian Chaves boshchiligidagi delegatsiya tashtif buyurdi Eslatib o‘tamiz iyun oyida maskur universitetga O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi tashtif buyugan edi va ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Memorandum imzolash masalalari ko‘rib chiqilgan edi. Bugun Rosario Asian Chaves boshchiligidagi delegatsiya tashtif buyurib universitet rahbari tomonidan imzolangan memorandumni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorga taqdim etdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlarini tashkil qilish xususan Iqtisodiyot va Tarix sohalarida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qancha takliflarni muhokama etdilar mehmonlar Geografiya fakulteti muzeyi va Universitet axborot markazi bilan tanishib chiqdilar.

Xalqaro aloqalar bo'limi