Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi


Tadbirda professor-o'qituvchilar, tyutorlar va 50 nafarga yaqin talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, iste’dodli ijodkor, so‘z ustasi va mahorat egasi, jamoat arbobi Erkin Vohidov, badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir, zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mobolag‘a bo‘lmaydi.

Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat,ona diyorning porloq kelajagiga ishonch ErkinVohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi.
Tadbirda talabalar tomonidan Erkin Vohidov ijodiga mansub she’r, qasida aytildi.

O’zMU Axborot xizmati