O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Yadro Tadqiqotlari Birlashgan Instituti delegasiyasi ishtirokida O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, O'zbekiston Respublikasi VM huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi raisi, Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy tekshirish institutlari direktorlari, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Hamkorlik shartnomasi doirasida Yadro Tadqiqotlari Birlashgan Instituti bilan doktorant va ilmiy izlanuvchilari hamda magistrlari yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, qattiq jismlar radiasiyaviy fizikasi va materialshunoslik, aktivasion tahlil, radiokimyo va radiobiologiya, tibbiyot fizikasi, ilmiy asbobsozlik sohalarida ishlar amalga oshiriladi.
O'zMU Axborot xizmati