Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI AXBOROT XATI

Hozirgi kunda ta’lim va ilm-fanda raqamli texnologiyalarni qo‘llash jamiyatning axborot sivilizatsiyasiga o‘tishining zaruriy shartidir. Zamonaviy texnologiyalar va telekommunikatsiyalar ilmiy tadqiqotlar hamda o‘quv jarayonini tashkil etishning mohiyatini o‘zgartirish, axborot-ta’lim muhitiga kirib borish, fan va ta’lim sifatini oshirish, tadqiqotchilar hamda talabalarni yangi ma’lumotlar va bilimlarni olishga undashga imkon beradi. Raqamli texnologiyalarni ta’lim dasturlariga integratsiyalashuvi ta’limning barcha bosqichlarida, ayniqsa oliy o‘quv yurti va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatida zarurdir.

Konferensiya ishida universitetlar va ilmiy markazlarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlari uchun raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular orasida quyidagi jihatlar alohida ajralib turadi: raqamli texnologiyalar – sun’iy intellektga asoslangan ta’lim tizimlari, turli xarakterdagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, o‘zgartirish, tahlil qilish va ulardan foydalanishning cheksiz imkoniyatlari; ta’limning qulayligini oshirish; ta’limning uzluksizligini ta’minlash; shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, yagona axborot-ta’lim muhitini yaratish; o‘quv jarayonini uslubiy va dasturiy ta’minotini takomillashtirish; mustaqil izlanish va tadqiqot faoliyatini olib borishni rivojlantirish; o‘rganishning motivatsion tomonini oshirish va boshqalar.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatag‘on qurbonlari merosini chuqur o‘rganish va xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi R-5598-son qarori, Prezidentining 2020 yil 29 oktabr “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”dagi PF-6097-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14 martdagi 97-sonli buyrug‘iga muvofiq, A-OT-2021-542 – “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan 2022 yil 28 sentabr kuni “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

1. Tarixiy voqealar, yo‘qolgan va saqlanib qolmagan yodgorliklarni virtual rekonstruksiya qilish (tarixiy davrlar kontekstida).
2. Tarix va maxsus tarixiy fanlarni o‘rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanish.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida raqamli texnologiyalar: O‘zbekiston, xorijiy davlatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi.
4. Sovet davridagi qatag‘on qurbonlarining merosini o‘rganish va xotirasini abadiylashtirishda raqamli texnologiyalar.
5. Hozirgi davrda fan va ta’limning raqamli transformatsiyasi.

Anjumanga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, arxivlar hamda boshqa muassasalardagi ijtimoiy-gumanitar fanlari ilmiy xodimlari, yosh olimlari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar tezis va maqolalarini 2022 yilning 5 sentabr kuniga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga yuborishlari so‘raladi. Anjuman o‘z ishini o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boradi.

Maqola (yoki tezis) matnlarini rasmiylashtirilish talablari:

  • Maqola (yoki tezis) matni Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda, sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm bo‘lishi lozim.
  • Maqolalar 1 nusxada qog‘ozda va elektron variantda RTF formatda taqdim etiladi.
  • Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim.
  • Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ma’ruzalar mavzusidan yuqorida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
  • barcha iqtiboslar kvadrat qavsda berilib, adabiyot tartib raqami va sahifasi ko‘rsatiladi. [1, B. 3]
  • foydalanilgan adabiyotlar matn oxirida beriladi.
  • Anjuman materiallari kitob holida chop etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi 3-qavat, 310-xona.
Mas’ullar: Tog‘ayev J.E., Muxammadiyev R.R., Shakirov I.R.
Elektron pochta manzili: dhistory22@mail.ru
Aloqa uchun telefon: (+99897)-741-90-07; (+99897)-775-35-86; (+99890)-038-22-03