Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmita faoliyati bilan yaqindan tanishildi

26-may Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmita faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbir OʼzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi” kafedrasi va OʼzMU Xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi raisi M.Kadirxanova rahbarligidagi bir guruh senatorlar bilan universitet professor-oʼqituvchilari va talabalarining uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Ushbu uchrashuvdan maqsad: ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar, qonunlar loyihasini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirilishi hamda xalq farovonligi yoʼlidagi saʼy-harakatlar bilan fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlar qatlamini tanishtirish. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy sohaga oid bilimlarini yanada oshirish, aholining tub manfaatlarini himoya qilish va xalqimizning orzu-umidlarini roʼyobga chiqarish borasida amallga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini oshirish.


Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat aʼzolari xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʼtarilganligi, xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikni taʼminlash, ogʼir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarning bandligini taʼminlash orqali ularni himoya qilish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan samarali muhofazalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, hamda bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ - huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ochib berdilar.


Tadbir davomida OʼzMU Xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi R.Rustamova, Ijtimoiy fanlar fakulьteti Xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Sh.Usmanova, Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti E.Nishanbaeva hamda faol talabalar soʼzga chiqishdi.
Tadbirda taʼlim, tarbiya maslahatchilari N.Аxmedova, G.Otaboeva, N. Xusanova, N. Egamberdievalar hamda Siyosatshunoslik, Yurispridentsiya, Milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari va huquq, Sotsiologiya, Falsafa, Geologiya yoʼnalishlarining 1,2,3-kurs faol talaba qizlari ishtirok etishdi.Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, hamda oʼzlarining taklif-mulohazalarini ham bildirib oʼtishdi.

O‘zMU Axborot xizmati