Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

«O’zbekiston va Belarus Respublikasida pedagogik faoliyatning dolzarb jihatlari» mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Belorussiya Respublikasi Vitebsk “Hurmat belgisi” ordenli Veterinariya Akademiyasiga  O'zbekiston   Respublikasi Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universitetning Biologiya fakulteti “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Boltaboy Qahhorov «Yirik shoxli qoramollar ozuqasiga bioqo'shimcha sifatida ishlatiladigan peptid bog'lamiga ega biostimulyatorlar yaratish» mavzuidagi loyihasini  Akademiyaning  “Hayvonlarni oziqlantirish” hamda “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” kafedrasi  professor-o'qituvchilari  hamkorligida ilmiy innovatsion loyihalarini rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi.

21-dekabr kuni «O'zbekiston va Belarus Respublikasida pedagogik faoliyatning dolzarb jihatlari» mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda  Akademiya rektori N.I.Gavrichenko so'zga chiqib, O'zbekiston va Belorussiya hamkorligida o'tkazilib kelinayotgan konferensiyalar to'g'risida fikrlarini aytib, professor-o'qituvchilar va talabalarning  yil sarhisobi bo'yicha erishgan yutuqlarini alohida ta’kidladi. Shuningdek, kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan ikkala davlat fuqarolarini ham tabrikladi. Eng quvonarli tomoni shundan iboratki, O'zbekiston xalqiga alohida takror-takror bayram tabrigini yo'llab, o'zining samimiy bayram tilaklarini bildirib, tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyatlar  ulashdi va davra suhbatini ochiq deb e’lon  qildi.

Davra suhbatida  prorektor D.N.Fedotov ,  “Epizootologiya va hayvonlarning yuqumli kasalliklari” kafedrasi mudiri,  professor Krasochko Petr Albinovich, so'zga chiqdi.

Rektor  Gavrichenko Nikolay Ivanovichga veterinariya sohaning eng yaxshi Akademiyalaridan biri deb, talabalarning bilim olishlari uchun  barcha sharoitlar yaratilganligini guvohi bo'lib, quvondim deb, Akademiya rahbariyatiga  minnatdorchilik bildirdi. Tadbir yakunida O'zbekistonlik talabalarga  Muxtaram yurtboshimizning Oliy majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojatnomalarini o'qib eshittirib, talabalarning o'qish va kelajakdagi ishlariga omadlar tiladi.

Tashrif davomida Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Boltaboy Qahhorov Akademiyaning kafedralari qoshidagi o'quv ilmiy laboratoriyalarning faoliyati bilan yaqindan tanishib, professor-o'qituvchilar va talabalar bilan o'rtoqlashdi.

O‘zMU Axborot xizmati