Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA: OLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI YANADA KENGAYDI

Bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversitetida Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novogorod delegatsiyasi vakillari hamda mamlakatimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan mas'ullar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda xorijlik delegatsiya vakillaridan Nijniy Novgorod viloyati gubernatori, gubernator o'rinbosari, viloyat ta'lim, fan va yoshlar siyosati vaziri, viloyat meri, "Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti" Federal davlat oliy ta'lim muassasasi rektori, Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Volga tadqiqot tibbiyot universiteti rektori, Nijniy Novgorod davlat texnika universiteti rektori, Kozma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi rektori, shuningdek, Rossiya elchixonasi vakillari ishtirok etmoqda. Shu jumladan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Oliy ta’lim vazirligi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Yunusov, O'zbekiston Milliy unversiteti rektori Inom Madjidov, Toshkent Davlat transport unversiteti Odil Abdurahmonov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov, Farg‘ona xalq salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Sidiqov, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti prorektori Mansur Ashov, Toshkent moliya instituti prorektori Sultonali Mexmonov hamda Qarshi Davlat universiteti prorektori Abdulhamid Xolmurodov va OAV vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvni tashkil etishdan maqsad oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, universitetlararo aloqalarni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.
Uchrashuv yakunida universitetlararo shartnomalarni imzolash marosimi tantanali ravishda boʻlib oʻtdi. Xususan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod milliy tadqiqot davlat universiteti, Kozma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti bilan memorandum imzoladi.

Ma’lumot uchun: Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi “Innoprom. Markaziy Osiyo”, 2022-yil 25-27-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O’zMU Axborot xizmati