Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA O‘RTASIDAGI ILMIY-MA’RIFIY ALOQALARDA TARIX VA ZAMONAVIYLIK” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN  BO‘LIB O‘TDI

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Uchinchi renessans” reja va maqsadlarini amalga oshirish shuningdek, ta’lim, ilm-fanni rivojlantirish, tarixiy xotirani asrab-avaylash singari vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tarixchi, sharqshunos olim Aleksandr Eduardovich Shmidt tavalludining 151 yilligi hamda “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarda tarix va zamonaviylik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti,  Novosibirsk davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Jizzax pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari  shuningdek,  jamoat arboblari, publitsist, yozuvchilar uyishmasi a’zolari faol ishtrok etdi.

Mazkur anjumanda, qadimgi Turkiston o‘lkasining tarixiy me’rosi hamda islom madaniyati, ta’limoti xususida ilmiy tadqiqot olib borgan o‘zbek va rus olimlari izlanishlari keng muhokama qilindi. Shu jumladan, tarix fanlari nomzodi, dotsent T.I.Doroshenko, Tarix fakultetining yosh istiqbolli doktoranti T.T.Rayishevaning chiqishlari hamda Tarix-siyosiy fanlar fakulteti, Jahon siyosati kafedrasi mudiri, Tomsk davlat universiteti rektorining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi dotsent S.M. Yunning Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼruzalari anjuman ishtrokchilarida katta ta’surot qoldirdi.

Ma’lumot o‘rnida keltirish joizki, hozirda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida taʼlim, ilmiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik kundan-kunga yuksalib bormoqda. Xususan, 2021-yil noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Ikkinchi Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi doirasida mamlakatimizda Rossiya universiteti filiallari sonini 23 taga yetkazish borasidagi  kelishuv fikrimiz dalilidir.

Ilmiy anjuman yakunida O‘zbekiston va Rossiya oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, fakultet va kafedralar o‘rtasida faoliyatning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish shuningdek, bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan kashfiyotlar va tarixiy xotirani asrab-avaylashga hissa qo‘shgan turkistonlik sharqshunos olimlar, o‘lkashunoslarning izlanishlarini davom ettirish yuzasidan takliflar istiqbolli hamkorlikka yo‘l ochdi.