Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR “OLIMA” UYUSHMASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

2022-yil 29-sentabr kuni, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda, O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, “Olima” Uyushmasi raisi Raxbarxon Murtazaeva hamda uyushmaning barcha a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, 2022-yil 23-25-noyabr kunlari “Olima” xotin-qizlar uyushmasi, OWSD Markaziy Osiyo milliy bo‘limi va YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etiladigan, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning roli” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasining tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi. Konferensiyani media makonda yoritish va uning nufuzini xalqaro miqyosda tanitish borasida fikrlar almashildi.

Shuningdek, konferensiyada doirasida “STEAM sohasidagi xotin-qizlar uchun karyera va shaxsiy hayot muvozanati, Iqlim o‘zgarishi va oziq ovqat xavfsizligi, Xotin-qizlarning ta’limdagi ishtiroki, Global ilm-fanda gender tengligi, Xotin-qizlar iqtisodiy o‘sishini harakatlantiruvchi kuch sifatida”, singari aktual mavzularda maqolalar qabuli boshlanganligi ta’kidlab o‘tildi.

Ushbu konferensiyani o‘tkazishdan maqsad, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va olima ayollarning jamiyatdagi roli muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularga amaliy yechimlar taklif etishdan iborat.

Xalqaro aloqalar bo'limi