Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

«O‘zbekistonning yosh filologiyasi-2023″respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekistonRespublikasining yoshlarga oid davlat siyosatiniamalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlargamuvofiq “O‘zbekistonning yosh filologiyasi – 2023”respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Konferensiya 15 yildan buyon “Rus adabiyotshunosligi” kafedrasi tomonidan o‘tkazib kelinib, respublika yosh tadqiqotchilariga o‘z g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish, umumiy ilmiy vamadaniy saviyasini yuksaltirish imkonini bermoqda.  

Konferensiyaning ochilish marosimida Xorijiyfilologiya fakulteti dekani X.Bakiyev, “Rus adabiytanqidi” kafedrasi mudiri S.Komilova, “Rustilshunosligi” kafedrasi mudiri N.Shitka, shuningdek, respublikaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari (Chirchiq, Samarqand, Termiz, Buxoro va boshqa) oʻqituvchilariishtirok etdi. Qatnashuvchilar tomonidano‘tkazilayotgan ilmiy tadbirning respublikamiqyosidagi ahamiyati ta’kidlandi. Anjuman tufaylitalabalar samarali muloqot o‘tkazish imkoniyatiga egabo‘ldilar. Unda respublikamizning yetakchi filologiyamaktablari tomonidan ma’ruzalar qilindi.

An’anaga ko‘ra, anjuman doirasida “Anor” adabiytanlovi ishtirokchilari taqdirlanadi. Tanlovda Xorijiyfilologiya fakultetining kunduzgi va kechki bo‘limlari1-4-kurs talabalari ishtirok etdi.  G‘oliblar eng yaxshishe’r, eng yaxshi hikoya, eng yaxshi tarjima, engyaxshi insho kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga diplom va esdaliksovg‘alari topshirildi. 

Bu yil “Anor” ko‘rik-tanloviga jami 43 ta asartaqdim etildi. Bu Rus adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilarining iqtidorli talabalar bilan olibborayotgan mashaqqatli mehnati, adabiyotniommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishborasidagi ishlari samarasidir.



Bu yilgi anjuman “Sharq yulduzi” adabiyjurnalining 90 yilligiga bag‘ishlandi. Jurnal muharririo‘rinbosari K.Panchenko anjumanda so‘zga chiqib, “Sharq yulduzi” va O‘zbekiston Milliy universitetiningRus adabiyoti fakulteti o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlikazaldan samarali hamkorlikka aylanganini ta’kidladi.

Konferensiyaning faxriy mehmonlari – filologiyafanlari doktorlari, professorlar  A.Sheremeteva, A.Sherbak konferensiyaning yoshlarda yangi tipdagitafakkurni shakllantirish jarayoni bilan bog‘liqliginiqayd etdi.  Shuningdek, talabalarning bugungi ilmiy vaadabiy faoliyati respublika kelajagiga qo‘shilganhissasi ekanligi, bu esa bir necha yillardan keyin o‘zigaxos ijodiy salohiyatga ega yangi pedagogik va ilmiykadrlar yetishib chiqishining kafolati ekanligita’kidlandi.

O‘zMU Axborot xizmati