O‘zMU delegatsiyasining Tomsk davlat universiteti hamda Iqtisodiyot va menejment institutiga tashrifi davom etmoqda

Oldin xabar berganimizdek, O‘zMU delegatsiyasining Tomsk davlat universiteti hamda Iqtisodiyot va menejment institutiga tashrifi davom etmoqda.
Joriy yilning 2-iyun sanasida O‘zMU delegatsiyasi Tomsk davlat universitetining kimyo fakultetiga tashrif buyurdi. Ular o‘z tashrifi davomida kimyo fakultetining o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, ularda yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi. Uchrashuv mobaynida O‘zMUning kimyo fakulteti va TDUning kimyo fakultetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Iqtisodiyot va menejment institutiga tashrif buyurib, hamkorlikda yozgi maktab tashkil etish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.



Xalqaro aloqalar bo'limi