O‘zMU delegatsiyasining Turkiyaning Anqara universitetiga safari davom etmoqda


Bugungi kunda Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytingdagi nufuzini oshirish, ilm-fan tarmog‘ining barcha jabhalarida xorij universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Taʼkidlash joizki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti TOP(1000) Oliy taʼlim muassasalari tarkibiga kiruvchi Turkiyaning Anqara universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini yo'lga qo‘yish yuzasidan memorandum imzolagan edi. Kuni kecha O‘zMUning professor- o‘qituvchilaridan iborat delegatsiyasi ta’limda tajriba almashish va hamkorlik maqsadida Anqara universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya Anqara universiteti xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektor huzurida bo‘ldi. O‘zaro muloqot jarayonida Jurnalistika fakultetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash talabalar almashinuvini yo'lga qo‘yish, o‘qituvchilarning tajriba almashish tizimini yaxshilash, magistratura bosqichi talabalarining ikki tomonlama diplomga ega bo‘lishi yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Mazkur uchrashuv yakunida Anqara universiteti rektori professor, Doktor Nejdet Unuvar o‘zbekistonlik delegatsiya vakillari bilan ko‘rishdi va O‘zMU delegatsiyasi tashrifidan mamnunligini bildirdi.
O‘zMU Axborot xizmati