Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda! Qutlug` sanaga oz qoldi!

O`zMU Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetiga AQShning Michigan shtat universiteti dotsenti tashrif buyurdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetida universitet talabalari hamda proffesor-ustozlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur tadbirda AQShning yetakchi o‘quv va ilmiy markazlardan biri Michigan shtat universiteti “Geologiya va atrof-muhit fanlari bo‘limida seysmologiya” kafedrasi dotsenti Kevin Makki universitet talaba-yoshlari hamda proffesor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maʼlumot o‘rnida, Kevin Makki 2000-yil yanvaridan beri Michigan shtat universiteti "Geologiya va atrof-muhit fanlari bo‘limida seysmologiya" kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlaydi. Uning tadqiqotlari yer qobig‘ining tuzilishi, Sharqiy Rossiya va G‘arbiy Alyaskaning seysmologiyasi va tektonikasiga, Michigandagi mahalliy zilzilalar tahliliga qaratilgan. O‘z tadqiqotida u Feyrbanksdagi Alyaska universiteti Geofizika instituti, Yakutsk geologiya fanlari instituti (Yakutsk, Rossiya) va Shimoli-sharqiy fanlararo ilmiy-tadqiqot institutining seysmik tarmoqlari (Magadan, Rossiya) bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, u Michigan shtat universitetida (LNSM stantsiyasi) seysmik stantsiyani boshqaradi.

Uchrashuv yakunida fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tgan onlayn seminar-trening ishtirokchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

O`zMU Axborot xizmati