O’zMU jamoasi ilmiy-tadqiqot ishlarini Orolda davom ettirmoqda




Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya va Ekologiya fakultetlari professor-o'qituvchilari, doktarant, magistrantlar va Ilmiy tadqiqotchilari Qoroqolpog'iston Respublikasi Orol oldi va Orolning qurigan tubi hududlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.
Ilmiy ekspeditsiya tarkibida Tuproqshunoslik, Agrokimyo, Mikrobiologiya, Genetika, O'simliklar fiziologiyasi, Dorivor o'simliklar, Botanika, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohalari bo'yicha olimlar qatnashmoqda. Bu jarayonda yangi o'simliklarni tanlash, tuproq namligini boshqarish, yangi inovatsiyon texnologiyalarini qo'llash va yosh avlodga ilmiy maslahatlar berilmoqda.
Ekspeditsiya hududiga tashrif buyurgan Mo'ynoq tuman maktab o'quvchilari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarga amalga oshirilayotgan tadqiqot natijalari o'rtoqlashildi. Tashkil etilgan Ilmiy-inavatsiyon ekspeditsiya o'z ishini davom ettirmoqda.
O’zMU Axborot xizmati