Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU MATEMATIKA FAKULTETI TALABALARI O‘RTASIDA “ASAKABANK” AJ STIPENDIYASI UCHUN “ILM YO‘LIDA ILK QADAM” TANLOVINI E’LON QILADI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matema tika fakulteti talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zR “Asakabank” AJ homiyligida Matema tika yo‘nalishi talaba lari uchun “Ilm yo‘lida ilk qadam” nomli tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakul teti 3-4 bosqich talabalari matematika yo‘nalishining turli sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosida tanlangan ma’ruzalar bilan ishti rok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning ma’ruzalari O‘zMU Matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda “ASAKABANK” AJ xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi va natijalar e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Haydarov Farhod Halimjonovichning haydarov_imc@mail.ru elektron manziliga 2022 yil 20-iyungacha quyidagi hujjatlarni yuborishingiz so‘raladi (yuboriladigan xat mavzusi «Asakabank tanloviga» deb ko‘rsatilsin):

• Ma’lumotnoma (o‘zi haqida va erishgan yutuqlari haqida);
• Ma’ruza mavzusi va taqdimoti;
• Ma’ruza mavzusiga oid tayyorlangan yoki chop etilgan ilmiy ishlari (agar mavjud bo‘lsa);
• Kafedra va ilmiy rahbar xulosasi.