O‘zMU Matematika fakultetida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10-avgust kuni 2021/2022 o‘quv yilida O‘zMU Matematika fakultetini 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 165 nafar hamda 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 109 nafar bitiruvchilarining bir guruxiga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.A.Toshmatov ishtirok etib, barcha bitiruvchilarni samimiy tabrikladi, mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk mutaxassislar sifatida faoliyat olib borishlariga muvaffaqiyat va ulkan yutuqlar tilagan holda diplomlarni o‘z egalariga topshirdi.
Diplom topshirish marosimida bitiruvchi yoshlar, ularning ota-onalari o‘z xursandchiliklarini va ustozlarga bo‘lgan minnatdorliklarini izhor qildilar.


O’zMU Axborot xizmati