Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU professor-o‘qituvchilari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lishdi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, jumladan, professor N.Shermuxamedova, prof.v.b.N.Abdullayeva, prof.v.b.O.Nishonova, dos.v.b. Y.Namazova, falsafa doktori (PhD) U.Mengliqulov Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lishdi.
O‘zMU vakillari tashrif davomida 2-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga 36 soatlik maxsus dars o‘tib, akademik mobillik stajirovkasini ham o‘tab kelishdi.
Ma’lumot o‘rnida, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti QS xalqaro reytingi natijasiga ko‘ra TOP-1000 talikka kirgan (491-o‘rin) ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zMU Axborot xizmati