O‘zMU professor-o‘qituvchilari “Temurbeklar maktabi”da
O‘zbekiston Milliy universiyeti Tarix fakulteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tarix fanini o‘qitish uchun samarali uslubiy yordam ko‘rsatib, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent “Temurbeklar maktabi”da “Bayrog‘im faxrim” shiori ostida 1- va 2- bosqich gumanitar fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilar o‘rtasida bilimdonlar bahsi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Antropologiya va etnologiya” kafedrasi o‘qituvchilari Turon Babaraximov hamda Mushtariy Abdullayevalar ham ishtirok etib, o‘quvchilarning bilim va mahoratini baholab borishdi.




