Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU rektorining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli ustozlar! Universitetimizning mard va jasur o'g'lonlari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman.

Hurmatli ustozlar!

Tarixdan yaxshi bilamizki, yurt uchun jonini fido qilgan  xalqimiz qahramonlarining ham qalbida Vatanga muhabbat uyg'otish, mard va botir bo'lib kamol topishida ustozlarining o'rni beqiyos bo'lgan. Daxldorlik, vatanparvarlik, hushyorlik, abjirlik, ilm olishga intilishni inson ruhiyatiga ustozlar singdiradi. Bu martabadagi inson borki, yaxshilik, tinchlik, ezgulikni sharaflaydi. Shu barobarida o'zi ham kamol topib boraveradi. Siz bashariyatga tarbiya, ta'lim yo'li bilan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida barkamol avlod tarbiyalaysiz. Siz ta'lim berayotgan yoshlarning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ilm fan tarqqiyoti va daxlsizligi yo'lida farzandlik burchini ado etishi, uni his qilib yashashi, Vatanni sharaflashi mehnatlaringiz natijasi sifatida namoyon bo'ladi.

Yosh avlodni yurtga sadoqatla tarbiyalashga, ta'lim berishga o'z hissangizni qo'shish yo'lida mustahkam sog'liq, ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Azmu shijoatda tengsiz, ilmga chanqoq yoshlar! 

Sizlarga Vatan daxlsizligini qo'riqlash, ilm sarhadlarini zabt etishda, ezgu ishlaringizda kuch-quvvat tilayman.

Olijanob va mas'uliyatli faoliyatingizda zafarlar yor bo'lsin!

Mirzo Ulug'bek nomidagi

O'zbekiston Milliy universiteti rektori  Inom Madjidov