Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU shaxmat jamoasi Moskva davlat universiteti kubogida 2-o‘rinni egallashdi

Joriy yilning 20-23 iyun kunlari shaxmat bo‘yicha Moskva davlat universiteti kubogi uchun universitetlararo jamoaviy xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida tahsil olayotgan Nodirbek Yakubboyev, Nilufar Yakubboyeva, Ortiq Nig‘matov va Asal Salimovalardan iborat jamoa ishtrok etishdi. Turnirning tantanali ochilish marosimi Moskva davlat universitetining Fundamental kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Turnirni Moskva davlat universiteti rektori akademik Viktor Antonovich Sadovnichiy ochib berdi va barcha jamoalarga ishtirok uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Shahmat bo‘yicha Moskva davlat universiteti kubogi MDH davlatlarining milliy universitetlari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotganligi, unda Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston va Qozog‘iston jamoalari yaqqol favorit ekanligi Viktor Antonovich Sadovnichiy tomonidan qayd etib o‘tildi.

20-23 iyun kunlari murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra Armaniston davlat universiteti jamoasi 1-o‘rin, O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi 2-o‘rin va Moskva davlat universiteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Taqdirlash marosimida O‘zMU jamoasi medallarni grossmeyster Anatoliy Karpovdan qabul qilib olishdi.

O’zMU Axborot xizmati