O’zMU talabalari «Sho’rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ tomonidan e’lon qilingan stipendiya tanlovi g’olibi bo’ldi

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan o'tkazilgan "5-stipendiya" dasturida O'zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti talabalari Abdulaziz Umirov, Alibek Alimov, Dostonbek Mavlonov, Azizbek To‘rayev, Sabina Abdumajidova hamda Sunnatillo Salimovlar g'oliblikni qo'lga kiritib stipendiya sohibi bo'ldi.
Talabalarimizni ushbu munosabat bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!


O‘zMU Axborot xizmati