Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU talabalari Yoshlar ishlari agentligida

O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq talimi" kafedrasi dotsenti, PhD Jamshid Yusubov va o'qituvchi Javlon Mirzavaliyev tashabbusi bilan Siyosatshunoslik yo'nalishi 1-bosqich talabalari Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdilar. Unda Davlat tili masalalalari boyicha maslahatchi M.Abbosova, Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Sh.Xonimov, Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sh.Sharipov, Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Aliboyev, Yoshlar bandligini taminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Manasov, Talim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash va volontorlikni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxasisisi L.Qayumovlar agentlik ish faoliyati bilan tanishtirdilar va talabalar qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.

O’zMU Axborot xizmati