Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O'zMU Matematika fakulteti talabasi D.Obidov Ispaniyaning Sevilya universitetida

Joriy yilning 1-12-iyun kunlari Matematika fakulteti 3-kurs talabasi Obidov Dilshod Yevropa Ittifoqining
Erasmus+ UNICAC “O‘rta Osiyo va Xitoy universitetlari orasida bilim ayirboshlash” loyihasi doirasida Sevilya universitetida (Ispaniya) qisqa muddatli o‘qishni tamomladi.

Ushbu safar davomida D.Obidov yevropa ta’lim tizimi, Sevilya universiteti matematika fakultetining, o‘quv va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va universitet rahbariyati tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Tadbirlarga boy dastur D.Obidovga nafaqat bilim olish, balki ispan madaniyati va an'analarini to'liq his qilish imkonini berdi.