Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU talabasi Jasurbek Jaysunov – eng yaxshi sportchi! 

O‘zbekiston "Eng yaxshi jamoa”  va "Eng yaxshi sportchi" sovrinlariga ega chiqdi! 

Janubiy Koreyada taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati yakuniga yetdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi unda   4ta oltin (2 ta oltin sohiblari O‘zMU talabalari - Ulug‘bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov), 1ta kumush va 3ta bronza (O‘zMU talabasi Svetlana Osipova bronza medal sohibasi) medaliga ega chiqdi va umumjamoa hisobida tarixiy BIRINCHI O‘RINNI egalladi. 

Tashkilotchilar musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb o‘zbekistonlik Jasurbek Jaysunovni tan olishdi! 

O‘zbekiston terma jamoasi esa qit’a chempionatining "Eng yaxshi jamoa" sovrinini qabul qilib oldi! 

Shu tariqa O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Janubiy Koreyada o‘tgan musobaqada barchani lol qoldira oldi!

O’zMU Axborot xizmati