O’zMU talabasi Ulugʻbek Rashitov yakuniy Gran-prining kumush medal sovrindori

Saudiya Arabistonida taekvondo WT boʻyicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O'zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Ulugʻbek Rashitov -68 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi. Talabamiz finalda iordaniyalik Zaid Karimga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rashitov ushbu natija evaziga oʻz hisobiga Parij-2024 Olimpiadasi uchun 60 ochkoni qoʻshib qoʻymoqda.
O`zMU Axborot xizmati