Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda! Qutlug` sanaga oz qoldi!

O’zMU talabasi xalqaro shaxmat musobaqasi g’olibi

Joriy yilning 6-8 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida 27-xalqaro Sharja xalqaro shaxmat chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur chempionatda Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi Nodirbek Yakubboyev muvaffaqiyatli ishtirok etib, shaxmatning blits yo’nalishi bo’yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun: Nodirbek Yakubboyev xalqaro grossmeyster, 7 karra Osiyo, 2 karra Jahon chempionati va 1 karra Yoshlar olimpiadasi gʻolibi hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi.

O’zMU Axborot xizmati