Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMU talabasi xalqaro shaxmat turniri g’olibi

Joriy yilning 31-martidan 7-apreligacha Hindistonning Gujarat shahrida xalqaro grossmeyterlar ishtirokidagi "3rd Gujarat International Open GrandMasters Chess Tournament 2022" xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu turnirda Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi Ortiq Nigmatov muvaffaqiyatli ishtirok etib, 376 ishtirokchi o’rtasida kechgan bahslarda g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan Ortiq Nigmatovni ushbu yutug’i bilan tabriklaymiz.
Ma’lumot uchun, Ortiq Nigmatov xalqaro sport ustasi, 5 karra Osiyo va 11 karra O’zbekiston chempioni hamda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi.

O’zMU Axborot xizmati