Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’ZMU VA MAKTAB INTEGRATSIYASI

Bugun, 13-aprel kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab o’qituvchilari va bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuv davomida O’zMU rektori Inom Madjidov maktab o'quvchilarining kelgusidagi intilishlari va g'oyalarini qo'llab-quvvatlashda universitet ham o'z ko'magini ayamasligini ta’kidladi.
Shuningdek, universitet rektori maktab o’quvchilariga universitet haqida batafsil ma’lumot berib, ularga ta’limni oliy o'quv yurtida davom ettirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, universitet rektori maktab pedagoglarining ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bog’liq takliflarini tinglab, fikr almashdi.
Konstruktiv ruhda o’tgan uchrashuv amaliy seminar treningga ulanib ketdi. O’zbekiston Milliy universiteti “Quruqlik gidrologiyasi”, “Pedagogika” va “Psixologiya” kafedralari professor-o’qituvchilari maktab o’qituvchilari uchun “Ta’lim sifatini yuksaltirishda o’qituvchining kasb mahorati” mavzusida amaliy seminar treninglar o’tishni boshlashdi.

O’zMU Axborot xizmati