Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘ZMU VA ROSSIYA FEDERATSIYASI PREZIDENTI HUZURIDAGI ROSSIYA XALQ XO‘JALIGI VA DAVLAT XIZMATI AKADEMIYASI VAKILLARI O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV

2022-yil 30-sentabr kuni, O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi vakillari bilan birgalikda onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova hamda universitet professor-o‘qituvchilari va RXXDXA tomonidan Regional rivojlanish va boshqaruv instituti direktori Dmitriy Arefyev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Larisa Taradina, “Xalqaro hamkorlik” kafedrasi mudiri Semed Semedov ishtirok etdilar.

Mazkur onlayn uchrashuvda, tomonlar III O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib oldilar.

Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida, yanvar oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining 60 nafar talabalari O‘zMUga akademik mobillik dasturi doirasida tashrif buyurishlari muhokama qilindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi