Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMU va Shimoliy Arktika Federal Universiteti o’rtasida 2023- 2024- yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi” imzolandi

Bugun 17 - noyabr,Toshkent shaxridagi Hilton mehmonxonasida O’zbekiston - Rossiya biznes forumi bo’lib o’tdi.

Forum doirasida O’zbekiston Milliy Universiteti, Xalqaro aloqalar bo’yicha Prorektori Raima Shirinova, Shimoliy Arktika Federal Universiteti rektori, professor Yelena Kudryasheva shuningdek ushbu Universitet vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uzoq yillardan beri olib borilayotgan hamkorlik aloqalari o’laroq 2022-yilda ikki Universitet o’rtasida anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Bugun esa, ushbu forum doirasida O’zMU va Shimoliy Arktika Federal Universiteti o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha 2023- 2024- yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi” imzolandi.

Xalqaro aloqalar bo'limi