Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMU va umumta’lim maktablari integratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 7-apreldagi 08-942-sonli topshirig‘i bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 36 ta, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 22 ta va Oqoltin tumanidagi 18 ta umumtaʼlim maktablari, jami 76 ta umumtaʼlim maktablari Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 8-9 aprel kunlari Tarix, Ijtimoiy fanlar, Matematika, Geografiya va tabiiy resurslar, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar, Biologiya, Kimyo, Xorijiy filologiya, Fizika fakultetlari tomonidan barcha 36 ta umumtaʼlim maktablarida dastlabki uchrashuvlar tashkil etildi va mavjud muammolar o‘rganildi. Uchrashuvlar so‘nggida umumtaʼlim maktablariga o‘quv-uslubiy yordam va ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilab olindi. Shuningdek, 11-12 aprel kunlari Sardoba va Oqoltin tumanlaridagi 40 ta umumtaʼlim maktablarida o‘rganish ishlari olib borilishi belgilab olindi.

O’zMU Axborot xizmati