Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O'zMU xalqaro aloqalar bo'limida “Club de discussion” toʼgaragi!

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan har payshanba kuni soat 16:00 da fransuz tili to‘garagi tashkil etildi.

Birinchi mashg‘ulotda O‘zbek filologiyasining uch nafar talaba qizlari qiziqish bildirib ishtirok etishdi. Umid qilamizki, keyingi mashg‘ulotlarda fransuz tilini o‘rganish istagi bo‘lgan talabalar safi yanda kengayadi.

Toʼgarakni "O'zbekiston-Fransiya" do'stlik jamiyati, A.S.I.E. tashkiloti va O'zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik doirasida faoliyat yuritayotgan stajor Elise Boesh Meda olib bordi.

Xoxlovchilarni har payshanba soat 16:00 da Rektorat binosining 7 qavati 78 xonasida kutamiz.

Xalqaro aloqalar bo'limi