Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU yosh olimasi Turkiya Respublikasida

Joriy yilning mart oyida O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti Feruzaxon Mirxodjaeva ERASMUS+ loyihasi tomonidan e'lon qilingan KA107 Internship dasturi stependiyasini qo'lga kiritib, Turkiya Respublikasining nufuzli Najmiddin Erbakan universitetiga 2 oylik stajirovka o'tash maqsadida jo'nab ketdi. Yosh olima Turkiyadagi ERASMUS ofisi direktori Dr. Sinan Chakir, xorijiy talabalar bilan ishlash bo'yicha ERASMUS koordinatori Dr. Sheyma Akin va professor Dr. Kemal O'zcan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda universitetdagi o'quv jarayoni, kredit-modul tizimi, professor-o'qituvchilar va talabalar faoliyati haqida gapirildi. 2 oy davomida universitet kutubxonasidan qanday foydalanish, turli tadbirlar va loyihalarda qatnashish hamda o'qituvchilarning til o'qitish metodikasini o’rganish bo'yicha maslahatlar berildi.

O’zMU Axborot xizmati