Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O'zMU yosh olimi Slovakiyada stajirovka o'tamoqda

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi tayanch doktoranti Akmal Shukurov joriy yilning 20-apreldan 20-iyungacha Slovakiyaning Nitra shahridagi Konstantin faylasuf universitetining Falsafa fakulteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasida ERASMUS+ KA107 loyihasi doirasida stajirovka o’tamoqda.

Yosh olim 19-may kuni “Madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri PhD. Jozef Palitefka va kafedra professor-o'qituvchilari, doktorantlari va magistrlariga “Virtuallashuvning madaniy jarayonlarga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada virtuallash jarayonlarining madaniyat va madaniy jarayonlarga ta’siri haqida to’xtalib, COVID 19 pandemiyasidan so’ng virtuallashning qanchalik hayotimizga kirib kelganini tahlilan yoritilib, kollektiv madaniyat hamda kiberfeminizm misollarida mavzu ochib berildi.