Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“AYREG 2022 – Akademik reytinglar” konferensiyasi bo'lib o'tmoqda

Ayni damda O‘zbekiston Milliy universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Amonovich Toshmatov “AYREG 2022 – Akademik reytinglar” konferensiyasida qatnashish uchun Varshava shahrida bo‘lib turmoqda. Mazkur konferensiya doirasida akademik reytinglar, ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar va yutuqlar, global hududiy va milliy reytinglar o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni ta’minlash borasida ilg‘or xorijiy o‘quv dargohlarining va xalqaro tashkilotlarning tajribalarini o‘rganish maqsad qilingan.
Ma’lumot uchun: O‘zMUning Polsha Respublikasining Varshava, Lodzi, Yagelon, Opole, Poznandagi Adam Mitskevich hamda Iqtisodiyot va innovasiya universitetlari bilan bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Shu bilan birga, Polshaning Lyublin texnologiya universiteti bilan faol ilmiy hamkorlik qilib kelinmoqda Mazkur hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari yoʼnalishida Satamaran qoʼshma magistrlik dasturi yaratildi. Shuningdek, 3D Digital Silk Road - Buyuk Ipak yoʼli madaniy merosi xalqaro ilmiy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xalqaro aloqalar bo'limi