O’zMUda «Biologiya» fanidan olimpiadaning 1-bosqichi o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-sonli qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 1-apreldagi 03/35-01/383-sonli topshirig'i ijrosi bo'yicha bugun, 19-aprel kuni Biologiya fakultetida "Biologiya" fanidan olimpiadaning 1-bosqichi (shahar) o'tkazildi. Unda Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Uchtepa va Mirzo Ulug'bek tumanlari umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.




O’zMU Axborot xizmati