Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMUda fakultetlararo «Zakovat» intellektual oʻyini «Rektor kubogi» oʻtkazildi

O’zbekiston Milliy universitetida an'anaviy tarzda tizimli ravishda tashkil qilinib keladigan "Zakovat" intelektual oʻyinining navbatdagi turi ham koʻtarinki ruhda boshlandi. Tadbirni universitet Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Shuhrat Toshmatov ishtirokchilarni samimiy qutlagan holda kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shu jumladan, fakultetlararo tuzilgan jami 23 ta jamoa oʻyin jarayonida qizgʻin savol-javoblarda faol ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-orin- O'zMU jamoasi(terma jamoa)
2-o'rin- Tafakkur jamoasi(terma jamoa)
3-o'rin- Algebros(matematika fakulteti) jamoalari qoʻlga kiritdi.
Tanlov g'oliblari:
1-o‘rin uchun – 7 million so‘m;
2-o‘rin uchun – 5 million so‘m;
3-o‘rin uchun – 3 million so‘m pul mukofoti, maxsus diplom bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoaga "Rektor kubogi" topshirildi.
Ma’lumot oʻrnida aytish joizki, 1-,2-,3-oʻrin jamoa a'zolaridan universitet terma komandasi shakllantirilib, unversitetlararo musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, tadbirda faol ishtirok etgan jamoalar universitet rektorining maxsus tashakkurnomasiga ega boʻlishi koʻzda tutilgan.

O'zMU Axborot xizmati