O’zMUda «Informatika va axborot texnologiyalar» fanidan olimpiadaning 1-bosqichi o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 9-martdagi 87-02-313-sonli topshirig'i ijrosi bo'yicha Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida "Informatika va axborot texnologiyalar" fanidan olimpiadaning 1-bosqichi (shahar) o'tkazildi. Unda Olmazor va Shayhontoxur tumanlari umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.



O’zMU Axborot xizmati