O’zMUda Isroilning texnika universiteti professori ma’ruza o‘qidi

Joriy yilning 20-aprel kuni Isroilning texnika universiteti (QS, 330) professori Elena Semenovna Olvovski Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda algoritmlar, optimallashtirish va modellashtirish sohalarida ilmiy hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Elena Semenovna Olvovski Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti magistrantlari uchun “Situatsion modellar va optimallashtirish” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

O`zMU Axborot xizmati