Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMUda “LPS & Production Solutions” labaratoriyasi va undagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan tanishtiruv seminari o’tkazildi

O’zMU Kimyo fakultetida xalqaro tashkilotlar ishtirokida “LPS & Production Solutions” labaratoriyasi va undagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan tanishtiruv seminari bo'lib o'tdi.
Ta'lim, fan, ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida o'tkazilgan ushbu seminarda "LMS", "analytikjena", "sartorius", "BRUKER", "Waters", "Rigaku" va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
"LMS", "analytikjena", "sartorius", "BRUKER", "Waters", "Rigaku" kompaniyalar vakillari seminar davomida mehmonlarni o'z texnologiyalari bilan tanishtirdilar. So'ngra seminar ishtirokchilari O'zMU kimyo fakulteti qoshida tashkil etilgan o'quv-ilmiy laboratoriya bilan tanishib chiqdilar.
Bunday laboratoriyalar 2017-yilgi PQ-2848 qarorga muvofiq, jahon banki krediti asosida yurtimizning 7 ta oliygohiga keltirilishi kerak va hozirda shulardan 5 tasi mavjud. Aynan O'zMU da tashkil etilgan laboratoriya 81 ta nomdagi 152 ta uskunalar bilan jihozlangan. 3-4-bosqich talabalari mazkur laboratoriyada amaliyot o'tab, ilmiy ish qilishlari, kelgusida o'z ish faoliyatlarini shu yerda davom ettirishlari mumkin.

O’zMU Axborot xizmati