Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O'zMUda navbatdagi ilmiy kengash bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston Milliy universitetida navbatdagi Ilmiy Kengash o'tkazildi. Yig'ilish kun tartibiga bir nechta muhim masalalar kiritildi. Dastlab o'quv ishlari bo'yicha prorektor Shuhrat Toshmatov 2022-2023 o'quv yilida xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasalari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish va ularga qo'yiladigan talablar, universitetda sirtqi ta'limni tashkil etish jarayonlarining holati va ta'lim sifatini oshirish xususida to'xtalib o'tib, Kengash a'zolariga bu borada axborot berdi. Shuningdek, yig'ilishda universitetda 2022 yil 1-choragida Ijro intizomi va Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari holati xususida hisobot berildi. Uslubiy taminlash va talim sifatini nazorat qilish bo`yicha prorektori Ravshan Musurmonov tomonidan o‘quv-uslubiy kengashning 2021-2022 o‘quv yilidagi faoliyati yakunlari va kengash faoliyati samaradoligini oshirish masalalari muhokama qilindi va tegishli tavsiyalar berildi.


Mazkur yig'ilishda Kengash a'zolari tomonidan "O'zbekiston Milliy universitetining Talabalar Kengashi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Nizomi ma'qullanib, tasdiqlandi. Majlis so'nggida navbatdagi Ilmiy Kengash muddati belgilab olindi.

O'zMU Axborot xizmati