Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda! Qutlug` sanaga oz qoldi!

O’zMUda Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur oʻyini tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida regbini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4500-son qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Regbi Federatsiyasining 162-sonli xatlariga asosan, 2022-yil 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi bazasida universitet sport klubi tomonidan erkaklar va ayollar o‘rtasida Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur oʻyini tashkil etildi.
Musobaqada Farg'ona, Namangan, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahridan 10 nafar erkak va 7 nafar xotin-qizlar jamoalari ishtirok etdi.
Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 1-turi yakunlariga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Erkaklar:

  1. O‘zMU universiteti 1
  2. Xorazm 1
  3. Qoraqalpog‘iston
  4. O‘zMU universiteti 2
  5. SDYUSSH va EA Toshkent
  6. Farg‘ona 2
  7. Farg‘ona 1
  8. Xorazm 2
  9. Jizzax
  10. UzDJTS Chirchiq

OʻzMU Axborot xizmati