Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMUda Regbi-7 musobaqalari o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi negizida O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining kalendar rejasi bilan hamkorlikda universitet Sport klubi tomonidan tashkil etilgan sport to‘garagi va 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Regbi-7 musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan 9 nafar erkak va 7 nafar ayollar jamoasi ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

    O'g'il bolalar: 

I o‘rin – O‘zMU Toshkent;
II o‘rin – Xorazm;
III o‘rin – Toshkent.

Qizlar:

I o‘rin – Xorazm;

II o‘rin – O‘zGUFKiS;

III o‘rin – O‘zMU Toshkent.