Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMUda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” mavzusida talaba-yoshlar forumi o‘tkazildi

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yetuk va barkamol yoshlar faoliyatisiz tasavvur qilolmaymiz. Chunki, har qanday binoning mustahkamliligi uning poydevoriga bog‘liq bo‘lganidek, jamiyat va davlating kuch-qudrati va taraqqiyoti ham bevosita unig poydevori bo‘lmish yoshlariga bog‘liqdir. O‘zbkiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asosli tarzda qayd etganidek, “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.

Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”. Mana bir necha kundirki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” doirasida talabalar festivali o‘tkazilmoqda. Bugun festival doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasyailar vairligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi, “Taraqqiyot” klubi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganamiz!” to‘garagi hamkorligida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” mavzusidagi talaba-yoshlar forumi ham bevosita festival doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning bir qator oliy o‘quv yurtlaridan talabalar o‘zlarining imiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.


Forumda O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, O‘zbekiston Respusblikasi Prezidenti administrasiyasi mas’ul xodimi, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli qadrlarni tayyorlash instituti direktori o‘rinbosari Alishe Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari – O‘zLiDeP yoshlar siyosiy guruhi rahbari Otabekxo‘ja Sobitov, “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 200 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek forumda O‘zbekiston Milliy universiteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi “Taraqqiyot” klubi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganamiz!” to‘garagi a’zolari o‘z ma’urazalari bilan ishtirok etishdi.


Forumda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda yoshlar muammolarini o‘rganishning ilmiy-amaliy, ijtimoiy-siyosiy jihatlari, Yangi O‘zbekistonda Yoshlar muammolarini yechishga qaratilgan chora-tadbirlar, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda ta’lim muasssasalarining o‘rni, uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida yoshlarni tarbiyalashning innovasion tizimi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, talabalarda axborot madaniyatini shakllantirishda hamkorlik mexanizmlari, bugungi kunda talaba-yoshlar dunyoqarashi, maqsadi, qiziqishlari, ruhiyatini o‘rganishda alohida yondashuv zaruriyati kabi masalalar ham konferensiya kun tartibidan o‘rin oldi.


Bundan tashqari forumda talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaga mas’ul bo‘lgan har bir shaxs, har bir mutaxassis birdek mas’uliyatli ekanligi alohida qayd etildi.
Forum so‘ngida tashkilotchilar va yoshlar tashakkurnoma va esdalik ovg‘alari bilan taqdirlandilar.