Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMUdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalarigabag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talabalar media va ijtimoiy madaniyat maskani – “Ziyoforum” tadbirlar zalida O‘zMU Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev hamda “Quvnoqlar va zukkolar” assotsiatsiyasi badiiy rahbari, O‘zMU Kasaba uyushmasi raisi Olimjon Xudoynazarov ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi universitet Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universitetidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘ngilochar tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish hamda “Shovvozlar” terma jamoasi va talabalar teatr studiyasi faoliyatini muntazam yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yuqoridagi masalalar yuzasidan talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi tadbirlar, kelgusida tashkil etilayotgan tanlovlar va boshqa ijtimoiy loyihalarda faol bo‘lishga chaqirildi.
Bu kabi ijodiy uchrashuvlar ilm-ma’rifat, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat olib borayotgan professionallar, taniqli mutaxassislar ishtirokida universitetga qarashli barcha talabalar turar joylarida davomli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


O‘zMU Axborot xizmati