Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’ZMUGA QARASHLI 5-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 25-aprel kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori Xasan Sharopov tashabbusi bilan 5-talabalar turar joyida "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Afg'onistonda xizmatlik burchini bajargan, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, zaxiradagi polkovnik Rashid Abdullayev taklif qilindi. Tadbirda mavzu yuzasidan muloqot olib borildi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

O’zMU Axborot xizmati