Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMUga Qozog‘iston delegatsiyasi tashrifi buyurdi

O‘zbekiston Milliy universitetiga M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov, Innovatsion taʼlim texnologiyalari instituti direktori Baurjan Yelikbayev hamda “Iqtisodiy, yuridik va qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari uchun jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Ispadiyar Mustafayevlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari oliygohda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv hamda sport mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishishdi, Shuningdek, ikki oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida akademil almashinuvi va talim sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi