Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zMUga Turkiyaning Çankiri Karatekin Universitetidan rektor Harun Chiftchi boshligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Bugun, 15-noyabr kuni O'zbekiston Milliy universitetiga Turkiyaning Çankiri Karatekin Universitetidan rektor Harun Chiftchi boshligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida har ikki universitet vakillari ta'lim muassasalarining sohalari bilan tanishib o'tishdi. Mazkur universitetning tibbiyot, matematika va kompyuter texnologiyalari yo'nalishlarida ilmiy ishlarining yuqori darajada ekanligi hamda ushbu sohalarda hamkorlik qilish masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, ekologiya, kimyo, biologiya, geologiya va huquqshunoslik sohalarida ham ta'lim olishda talabalarda keng imkoniyatlari mavjudligi, Erasmus loyihalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Universitetning xalqaro ilmiy jurnallari ham Scopus bazasiga kirish arafasida ekanligi alohida ta'kidlandi.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Milliy universiteti olimlari va tadqiqotchilari ilmiy maqolalar yozish va tadqiqotlar olib borishda hamkorlik taklif etildi.

Uchrashuv so'ngida universitetlar o'rtasida hamkorlik qilish taklif etildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi