O`zMUning ikkinchi talabasi ham Osiyo chempioni bo`ldi!

O‘zMUda Osiyo chempionatining ikki oltin medali!
O‘zMU talabasi Jasur Jaysunov - oltin medal sohibi!
Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
74 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov finalda eronlik Mirxashem Hussaynini mag‘lub etdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.
Jaysunov ilk bosqichda pokistonlik Iqbol Muhammadni taslim qilgandi-2:0. Chorak finalda talabamiz Chyen Jun Veiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi-2:0.
Yarim finalda Jaysunov pokistonlik Ahmad Baxlulni 2:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqqan edi.
O‘zMU Axborot xizmati